YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar kasalxonalarida mediaklub modelini joriy etish: Onko-gematologik kasalliklarga chalingan bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi
By Abduraximova Nozimaxon.
Abstract
Onkologik va gematologik kasalliklar bilan og‘rigan bolalar uzoq va takrorlanuvchi statsionar davolanish jarayonida bo‘lib, bu ularni odatiy ta’lim, tengdosh muhiti va ijtimoiy faoliyatdan uzoq muddat chetlashtiradi. Mazkur maqolada gospital sharoit doirasida mediaklub modelini joriy etish g‘oyasi xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlili asosida nazariy jihatdan asoslanadi. Maqola, bolalar onkogematologiyasidagi psixososial yordam va mediata’lim (video ishlab chiqarish, mediasavodxonlik) sohalaridagi tadqiqotlarni birlashtirib, mediaklubning tashkiliy-pedagogik tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va kutilayotgan ijtimoiy-pedagogik samaralarini taqdim etadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, mediaklub — ixtiyoriylik, o‘z tajribasini ijodiy qayta ishlash va tengdosh hamda maktab bilan aloqani saqlash imkoniyatlarini beruvchi vosita sifatida — bolaning “sog‘lom men” identifikatsiyasini tiklashga va davolanish muhitiga ijtimoiy-psixologik moslashuviga xizmat qilishi mumkin.



