IQRO
Periorbital sohadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni bir bosqichli yuqori va quyi blefaroplastika yordamida xirurgik korreksiya qilish natijalari
By Tursunboyev Azizbek Umidjon o'g'li.
Abstract
Maqolada periorbital sohaning yoshga bog‘liq o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda yuqori va quyi qovoqlarni bir vaqtning o‘zida jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilish, kombinatsiyalangan bir bosqichli blefaroplastika natijalari va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilindi. 2025–2026-yillar davomida Dr Dilyor’s clinic klinikasida 470 nafar bemorda o‘tkazilgan amaliyotlar natijalari o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi operatsiyadan oldingi fotogrammetriya, quyi qovoq rigidligini baholash (snap-back test), yuqori qovoq klassik teri-mushak rezeksiyasi, quyi qovoqda subsiliar yoki transkon’yunktival kirish orqali yog‘ churralarini saqlab qolgan holda qayta taqsimlash (liporepozitsiya) hamda ko‘rsatma bo‘yicha lateral kantopeksiya usullarini o‘z ichiga oldi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, chuqurlashtirilgan operatsiyadan oldingi diagnostika va to‘qimalarni tejovchi uslubiyat yuqori estetik va funksional ko‘rsatkichlarni ta’minlaydi, ektropion va lagoftalm kabi asoratlar xavfini minimallashtiradi hamda umumiy reabilitatsiya muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.



