Zenodo
Oilaviy poliklinikalarda ijtimoiy kasalliklar profilaktikasini tashkil etishning xavfga asoslangan yondashuvi
By O.G Raxmonberdiyeva.
Abstract
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Farg'ona, O'zbekiston Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar deganda tarqalishi aholining turmush sharoiti, daromadi, mehnat migratsiyasi va tibbiy savodxonlik darajasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan hamda jamiyatga katta iqtisodiy va demografik zarar yetkazadigan kasalliklar guruhi tushuniladi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda dunyoda 10,8 mln kishi silga chalingan va 1,25 mln kishi undan vafot etgan; surunkali B va C gepatitlari bilan yashovchilar soni 300 mln dan oshadi, UNAIDS hisob-kitoblariga ko'ra esa OIV infeksiyasi bilan yashayotganlar 39,9 mln kishini tashkil etadi. Ushbu raqamlar mazkur kasalliklarga qarshi kurashda davolashdan ko'ra oldini olish iqtisodiy jihatdan arzonroq va ijtimoiy jihatdan samaraliroq ekanini yaqqol ko'rsatadi.





