Zenodo
Giperglikemiya sharoitida eritrosit membranasing barqarorligi
By Sevara Baxtiyor qizi Qayumova.
Abstract
Giperglikemiya sharoitida eritrosit membranasida erkin radikal jarayonlari faollashib, lipid peroksidatsiyasi kuchayadi. Bu holat membrana strukturasining buzilishiga hamda eritrositlarning deformabelligi, ya'ni egiluvchanlik xususiyatining pasayishiga olib keladi. Natijada eritrositlarning osmotik va mexanik barqarorligi kamayib, ularning gemolizga moyilligi ortadi.Shuningdek, giperglikemiya bilan bog'liq oksidlovchi stress eritrosit membranasidagi lipid va oqsil komponentlarining oksidlanishiga sabab bo'ladi. Bu esa membrananing funksional xususiyatlari buzilishiga hamda hujayra faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi.Shu bois giperglikemiya sharoitida eritrosit membranasining barqarorligini o'rganish qandli diabetda kuzatiladigan gematologik o'zgarishlarni aniqlashdamuhim ilmiy ahamiyat kasb etadi






