Arabian journal of science.
Qandli diabet 2-TURI bilan og‘rigan bemorlarda chap qorincha subklinik disfunksi̇yasini erta aniqlash: Speckle-tracking echokardiografiyaning diagnostik imkoniyatlari
Por Davlatov Shohjaxonbek Qurbonbek o'g'li.
Contenido en inglés
Resumen
Qandli diabet 2-turi (QD2) yurak-qon tomir kasalliklari va yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim metabolik kasallikdir. Yurak mushagidagi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar ayrim bemorlarda klinik simptomlar va chap qorincha chiqarish fraksiyasi pasayishidan oldin shakllanishi mumkin. Shu sababli subklinik miokard disfunksiyasini erta aniqlash dolzarb hisoblanadi. Speckle-tracking echocardiography — STE (спекл-трекинг эхокардиография; spekl-treking echokardiografiya) miokard deformatsiyasini miqdoriy baholash imkonini beruvchi zamonaviy noinvaziv usul bo‘lib, global longitudinal strain — GLS (глобальная продольная деформация; global bo‘ylama deformatsiya) chap qorincha subklinik sistolik disfunksiyasini aniqlashda muhim parametr hisoblanadi. Ushbu ilmiy sharhda QD2da chap qorincha subklinik disfunksiyasining patofiziologik asoslari, standart echokardiografiyaning imkoniyatlari va cheklovlari, STE va GLSning diagnostik ahamiyati hamda miokard deformatsiyasining metabolik, yallig‘lanish va kardiorenal markerlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.



