YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
Bolalar va o‘smirlarda ortiqcha vazn hamda semizlikning arterial qon bosimi ko‘rsatkichlariga ta’siri
By Mamatxo'jayeva Gulhayo Azizbek qizi.
Abstract
Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarda tana massasi indeksi (TMI) hamda arterial qon bosimi (sistolik va diastolik) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalarda TMI va vazn ortishi bilan qon bosimi ko‘rsatkichlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshishi kuzatiladi. Semizlik qon bosimi patologiyalarining keskin ortishiga olib keladi, xususan, semirib ketgan bolalarning 52 foizida patologik qon bosimi (pre-AG va AG) qayd etilgan. Pregipertenziya bilan kasallanish darajasi normal vaznli bolalarga qaraganda semirib ketgan bolalarda ikki baravar, gipertoniya bilan kasallanish esa uch baravar ko‘payishi aniqlangan. Shuningdek, semiz bolalarda sistolik va diastolik qon bosimining bir vaqtda ko‘tarilishi 24,7% gacha yetgan. Semizlik holatida kasallikning uchrash chastotasida jinsiy omilning ta'siri ham yaqqol namoyon bo‘lib, qon bosimining ko‘tarilishi qizlarda (71,4%) o‘g‘il bolalarga (40,4%) nisbatan ancha ustunlik qilgani tasdiqlangan. Ushbu ma'lumotlar jismoniy rivojlanish parametrlari va qon bosimi qiymatlari o‘rtasida sezilarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyatsiya mavjudligini ko‘rsatadi.







