YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
Bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlik tarqalishi, xavf omillari va asoratlari
By Abdurazzaqova Kamola Abdullajonovna.
Abstract
Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlikning global tarqalishi, asosiy xavf omillari hamda asoratlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF, World Obesity Federation va boshqa xalqaro tashkilotlarning so‘nggi hisobotlari hamda ilmiy maqolalar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 1990–2022 yillar oralig‘ida bolalar va o‘smirlar orasida semizlik darajasi to‘rt baravar oshgan bo‘lib, bu tendentsiya global miqyosda davom etmoqda . Asosiy xavf omillari sifatida noto‘g‘ri ovqatlanish, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va jismoniy faollikning yetarli emasligi aniqlangan . Semizlik bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tip qandli diabet, tayanch-harakat tizimi kasalliklari hamda ruhiy salomatlik muammolari rivojlanish xavfini oshiradi . O‘zbekistonda ham bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va semizlikning tarqalishi ortib borayotgani qayd etilgan bo‘lib, 2010–2022 yillar oralig‘ida 5–19 yoshdagi bolalarda ushbu ko‘rsatkich 15 foizdan 19 foizgacha oshgan . Maqolada profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.







