ACUMEN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
Paratireoid bezlari funksiyasining tishlar salomatligiga ta’siri
By Boyqulov To’rabek and Muxiddinova Lobar.
Abstract
Ushbu tezis paratireoid bezlari funksiyasining tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Paratireoid bezlari organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda, suyak va tish to‘qimalarining mineralizatsiyasini ta’minlashda muhim endokrin organlardan biri hisoblanadi. Paratireoid gormoni (PTH) qondagi kalsiy miqdorini me’yorda saqlashda ishtirok etib, suyak to‘qimasi, buyraklar va D vitamini almashinuvi orqali mineral homeostazni boshqaradi. Ushbu jarayonlarning buzilishi tishlarning mineral tarkibi, emal va dentinning holati, jag‘ suyaklari hamda periodontal to‘qimalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Paratireoid bezlarining giperfunksiyasi yoki gipofunksiyasi kalsiy-fosfor almashinuvidagi o‘zgarishlar tish va suyak to‘qimalarining zaiflashishiga olib kelishi ehtimoli mavjud.




