Abstract / Summary
Dolzarbligi. Lipid almashinuvi buzilishlari orasida gipertrigliseridemiya alohida o'rin tutadi va u nafaqat yurak-qon tomir tizimi uchun xavf omili sifatida, balki qonning hujayraviy komponentlariga, xususan eritrotsitlarning funksional holatiga ta'sir etuvchi omil sifatida ham qaralmoqda. Eritrotsit membranasining barqarorligini aks ettiruvchi osmotik va kolloid-osmotik rezistentlik ko'rsatkichlari gemoreologik buzilishlarni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi informativ mezonlardan hisoblanadi. Biroq gipertrigliseridemiya darajasi bilan ushbu ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlik hozirgacha yetarli darajada tizimli o'rganilmagan, bu esa mazkur yo'nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot maqsadi. Turli darajadagi gipertrigliseridemiya sharoitida eritrotsitlarning osmotik va kolloid-osmotik rezistentligidagi o'zgarishlarni aniqlash hamda triglitseridlar miqdori bilan bu ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni baholash. Material va usullar. Tadqiqot uch guruhda olib borildi: nazorat guruhi (amaliy sog'lom shaxslar), yengil va og'ir gipertrigliseridemiyasi bo'lgan bemorlar guruhlari. Barcha tekshiruvdan o'tganlarda plazma triglitseridlari darajasi aniqlandi. Eritrotsitlarning osmotik rezistentligi turli konsentratsiyadagi gipotonik natriy xlorid eritmalarida gemolizga uchrash darajasi bo'yicha, kolloid-osmotik rezistentlik esa mos standart uslublar asosida baholandi. Qo'shimcha ravishda membrana mikroyopishqoqligi va Na+/K+-ATF-aza faolligi o'rganildi. Statistik tahlil parametrik usullar (o'rtacha qiymat ± standart xatolik, ishonchlilik darajasi p