Abstract / Summary
Yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyoda o'limning asosiy sabablaridan biri bo'lib qolmoqda va ular orasida arterial gipertoniya yetakchi xavf omili hisoblanadi. So'nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, arterial gipertoniyaning rivojlanishida tomir endoteli funksional holati hal qiluvchi ahamiyatga ega.Endoteliy tomir tonusini boshqaruvchi biologik faol moddalarni ishlab chiqaradi, jumladan vazodilatatorlar (azot oksidi — NO) va vazokonstriktorlar (endotelin-1 — ET-1). PubMed va Google Scholar ma'lumotlariga ko'ra, aynan ushbu ikki tizim o'rtasidagi muvozanatning buzilishi arterial gipertoniya patogenezining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy tadqiqotlarda NO biofoydaliligining kamayishi va endotelin darajasining ortishi tomirlarning doimiy spazm holatiga o'tishiga, periferik qarshilikning oshishiga va tomir devorining struktur o'zgarishlariga olib kelishi isbotlangan. Shu sababli endotelin va NO tizimini o'rganish gipertoniyaning erta diagnostikasi va samarali davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.