Abstract / Summary
Giperinsulinemiya va lipid almashinuvi buzilishi o'rtasidagi uzviy bog'liqlik metabolik sindrom va kardiometabolik kasalliklar rivojlanishida markaziy rol o'ynaydi. Ushbu maqolada giperinsulinemiyaning lipid almashinuvi buzilishiga ta'siri, triglitseridlar va ZjPLp darajasining oshishi, ZYLp pasayishi, yog' to'qimasi va lipid signallari o'zgarishlari batafsil tahlil qilindi. Shu bilan birga, lipid almashinuvi buzilishi qon tomirlaridagi yallig'lanish va ateroskleroz jarayonlarini kuchaytiradi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada oshiradi. Menimcha, giperinsulinemiya dastlab kompensator mexanizm sifatida qondagi glyukoza darajasini barqaror saqlasa-da, uzoq muddatli yuqori insulin darajasi metabolik stress va dislipidemiya rivojlanishiga olib keladi. Ushbu tahlil giperinsulinemiya va lipid metabolizmi o'rtasidagi o'zaro ta'sirni klinik va ilmiy jihatdan chuqurroq tushunishga yordam beradi va kelajakda profilaktik strategiyalar ishlab chiqishda yo'l-yo'riq beradi.