Abstract / Summary
Atopik dermatit (AD) — bolalar yoshida eng ko'p uchraydigan, surunkali qaytalanuvchi yallig'lanishli teri patologiyasi bo'lib, zamonaviy allergologiya va pediatriyaning eng dolzarb muammolaridan biridir. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda xalqaro EAACI/AAAAI ma'lumotlariga ko'ra, bolalar populyasiyasida AD ning tarqalish ko'rsatkichi 15-20% ni tashkil etadi va so'nggi o'n yillikda bu raqam shiddat bilan ortib bormoqda. Ushbu xolat atrof-muhitning ekologik o'zgarishlari, nofiziologik oziqlanish, erta sun'iy emizish hamda sanitariya gipotezasi («hygiene hypothesis») bilan izohlanadi.