Abstract / Summary
Ushbu maqolada erta yoshdagi bolalarda uchraydigan piodermiyalarning (stafilodermiya va streptodermiyalar) klinik-etiologik xususiyatlari va qo'zg'atuvchilarning zamonaviy antibakterial preparatlarga nisbatan rezistentligi o'rganilgan. Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti klinikalarida 0 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan 55 nafar bemor bolalarda o'tkazilgan mikrobiologik tahlillar natijasida Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes shtammlarining penitsillin va eritromitsin guruhiga rezistentlik ko'rsatkichlari yuqori ekanligi va 26.7% holatda MRSA (metitsillinga rezistent S. aureus) aniqlanganligi ko'rsatib berilgan. Olingan natijalar asosida bolalar dermatologiyasida rasional antibakterial terapiya va lokal davolash usullari bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.