Abstract / Summary
Arterial gipertenziya yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan surunkali kasalliklaridan biri bo'lib, uzoq muddat davom etganda miokard gipertrofiyasi, chap bo'lmacha kengayishi va yurakning elektr o'tkazuvchanlik tizimida o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Natijada bo'lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar va ventrikulyar ekstrasistoliyalar kabi ritm buzilishlari rivojlanadi. Ushbu tezisda arterial gipertenziyali bemorlarda ritm buzilishlarining klinik xususiyatlari, diagnostikasi va zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilindi.