Abstract / Summary
Saqlangan chiqarish fraksiyali yurak yetishmovchiligi (HFpEF) yurak yetishmovchiligining eng murakkab klinik shakllaridan biri bo'lib, chap qorincha chiqarish fraksiyasi 50% va undan yuqori bo'lishiga qaramay, diastolik funksiyaning buzilishi va yurak bo'shliqlaridagi to'lish bosimining ortishi bilan tavsiflanadi. So'nggi yillarda ushbu kasallikning uchrash chastotasi aholi qarishi, arterial gipertenziya, semizlik va metabolik sindromning keng tarqalishi natijasida sezilarli oshmoqda. Mazkur maqolada HFpEFning etiopatogenezi, zamonaviy diagnostik algoritmlari, klinik namoyon bo'lishi hamda dalillarga asoslangan davolash usullari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari SGLT2 ingibitorlari, komorbid kasalliklarni kompleks boshqarish va erta tashxis qo'yish bemor prognozini yaxshilashini ko'rsatadi.