Zenodo
Chaqaloqlar va go'daklar terisi parvarishi: Taglik dermatitidan tortib seboriyali dermatitgacha
Par Layloxon Sohibjon qizi Imomaliyeva.
Contenu en anglais
Résumé
Chaqaloqlar va go'daklar terisi anatomik hamda fiziologik jihatdan kattalar terisidan sezilarli darajada farq qiladi. Go'daklar terisining epidermisi yupqa, mug'uz qatlami sust rivojlangan va gidrolipid pardasi yetarlicha shakllanmagan. Ushbu xususiyatlar sababli chaqaloqlar terisi tashqi muhit ta'sirlariga, namlik va mikrobial omillarga juda ta'sirchan bo'ladi. Erta yoshdagi bolalarda uchraydigan terining patologik holatlari orasida taglik dermatiti va seboriyali dermatit eng ko'p tarqalgan bo'lib, ularning to'g'ri profilaktikasi va davolash usullarini ishlab chiqish zamonaviy pediatriya hamda bolalar dermatologiyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.



