YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
Dermaskopik tasvirlarni raqamli ishlov berish va algoritmlari
Von Jabborova Naima Shuhrat qizi und O'razmatov Toxir Quranbayevich.
Inhalt auf Englisch
Abstract
Ushbu maqolada dermaskopik tasvirlarni raqamli qayta ishlash va tahlil qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy algoritmlarning samaradorligi o‘rganib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tasvirlarni oldindan qayta ishlash, shovqinlarni kamaytirish, kontrastni yaxshilash, segmentatsiya va tasniflash algoritmlari dermaskopik tasvirlarning diagnostik axborot qiymatini oshirishga sababchi bo‘ladi. Shu bilan birga, tasvirlarning aniqligi, patologik o‘zgarishlarni farqlash hamda kasallik belgilarini avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash imkoniyatlari kuchayadi. Dermaskopik tasvirlarni raqamli qayta ishlashni sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish usullari bilan uyg‘unlashtirish tahlil jarayonining aniqligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.



